“E-qaror” elektron tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi

    Raqamlashtirish 28 Yanvar 2021 2542

    Hokim qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarini elektron shaklga oʻtkazuvchi dastur – “E-qaror” tizimi ishlab chiqildi.

    “E-qaror” dasturi dastlab Qashqadaryo viloyati hokimligida sinov tariqasida ishga tushirildi.

    “E-qaror” elektron tizimida ishlashning mohiyati va tartibini tushuntirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 27-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati hokimligi va viloyat darajasidagi masʼul tashkilot xodimlari uchun Zoom dasturi orqali onlayn tarzda seminar-treninglar tashkil etildi.

    Seminar-trening ishtirokchilari mazkur tizim imkoniyatlarini yuqori baholagan holda, mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

    Adliya vazirligi

    Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi