Farmonga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:
— Veterinariya qoʻmitasi muassisligida Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xoʻjaliklari (hududiy yaylov xoʻjaliklari);
— Veterinariya qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish boshqarmasi;
— Yaylov yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni muhofaza qilish, qorakoʻlchilik, teri va jun sanoati sohalarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi.
Hududiy yaylov xoʻjaliklari yaylov yerlarini boshqarish va ulardan foydalanish, oʻzlariga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan yaylovlarni ijaraga berish sohasida oʻrmon xoʻjaliklari uchun belgilangan huquq va majburiyatlardan foydalanadi.
Yaylovlar chorvachilik va boshqa xoʻjaliklarga Respublika komissiyasining qaroriga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilishi mumkin.
Yaylovlar 49-yilgacha ijaraga beriladi.