Angliyaning “Liverpul”i oʻz maydonida Italiyaning «Inter»ini qabul qildi. Birinchi uchrashuvda mehmonlar 0:2 hisobida gʻolib chiqishgan edi. Shuning uchunmi, “Liverpul”ning oʻyini unchalik qovushmadi va 0:1 hisobida yutqazib qoʻydi. Ammo safardagi javobsiz ikki gol hisobiga chorak finalga yoʻllanma oldi.

Avstriyaning “Zalsburg” jamoasi Germaniyada “Bavariya” bilan boʻlgan oʻyinda oʻz darvozasidan 7ta gol oʻtkazib yubordi va bittagina gol urishga muvaffaq boʻldi. Shunday qilib keyingi bosqichga «Bavariya yoʻl oldi. Bu jamoalarning Avstriyada oʻtgan bahsida 1:1 hisobi qayd etilgan edi.