“Manchester Siti” birinchi oʻyinda oʻz maydonida “Bavariya”ni 3:0 hisobida magʻlub etib, yarim finalga chiqish masalasini deyarli hal qilib qoʻygandi. Ammo futbolda hamma narsa boʻlishi mumkin. Muxlislar, ayniqsa “Bavariya” muxlislari shov-shuvli natija kutgandi. Ammo bu natija qayd etilmadi. Myunxendagi uchrashuv durang bilan tugadi – 1:1.
“Benfika” birinchi oʻyinda oʻz maydonida “Inter”ga 0:2 hisobida yutqazgan boʻlsada, Milanda jiddiy qarshilik koʻrsatdi va 3:3 hisobida durang natija qayd etdi.
Shunday qilib, “Manchester Siti” va “Inter” yarim finalga chiqdi. Ularning raqiblari kecha maʼlum boʻlgan edi. Joriy yilning 9-10 va 16-17-may kunlari boʻlib oʻtadigan oʻyinlarda “Manchester Siti” – “Real” hamda “Milan” – “Inter” roʻbaroʻ keladi.