YCHL: ertaga chorak finalga qurʼa tashlanadi

    Kechagi bahslarda kutilmagan natijalar qayd etilmadi

    Kecha Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 final bosqichi yakunlandi. Unda kutilmagan natijalar qayd etilmadi. “Bavariya”, “Benfika”, “Chelsi”, “Milan”, “Manchester Siti” va “Inter” safiga “Real” hamda “Napoli” qoʻshildi. “Real” oʻz maydonida “Liverpul”ni 1:0 hisobida yengdi.

    Angliyada oʻtgan birinchi oʻyinda 2:5 hisobi qayd etilgandi. “Napoli” esa “Ayntraxt”ni 3:0 hisobida dogʻda qoldirdi. Birinchi oʻyinda “Napoli” mehmonda gʻolib chiqqandi 0:2.

    Ertaga Yevropa Chempionlar ligasi chorak finaliga qurʼa tashlanadi.