Kecha koʻhna qitʼada YCHL chorak final bahslari boshlandi. Germaniyaning “Bavariya” klubi Angliyada “Manchester Siti” mehmoni boʻldi. Qiziqarli kechgan bahsda maydon egalari mehmonlar darvozasiga uchta javobsiz toʻp kiritdi. Bu Myunxen klubi uchun ushbu mavsumda Yevropa chempionlar ligasidagi birinchi magʻlubiyat boʻldi.
“Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxel oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
“...Hisob 0:2 boʻlguncha biz juda yaxshi oʻynadik menimcha, – dedi u. – Natija haqida gapirishni istamayman. 70-daqiqagacha juda yaxshi oʻyin boʻldi.
Oʻylaymanki, kamida bitta gol urishga haqli edik. Shu bilan birga, bir yoki ikkita ortiqcha toʻp oʻtkazib yubordik. Futbolchilarimizga biroz ishonch va tayyorgarlik yetishmadi...”
Ikkinchi bahsda Italiyaning “Inter” jamoasi Portugaliyada “Benfika”ni yengdi – 0:2.
Javob bellashuvlari 19-aprelda boʻlib oʻtadi.