YCHL: qurʼa tashlandi

    Chorak finalning dastlabki oʻyinlari 11-12-aprel kunlari boʻlib oʻtadi

    Bugun UYEFAning Nyondagi qarorgohida Chempionlar ligasi chorak final bosqichiga qurʼa tashlandi.

    Unga koʻra, “Real” “Chelsi” bilan, “Inter” “Benfika” bilan, “Manchester Siti” “Bavariya” bilan, “Napoli” “Milan” bilan uchrashadigan boʻldi.

    Yarim finalda esa “Real» – “Chelsi” va “Inter” – “Benfika”, “Manchester Siti” – “Bavariya” va “Napoli” – “Milan” bahslari gʻoliblari oʻzaro bahslashadi.

    Chorak finalning dastlabki oʻyinlari 11-12-aprel, javob oʻyinlari esa 18-19-aprel kunlari boʻlib oʻtadi.