Koʻhna qitʼada YCHL birinchi saralash bosqichi musobaqalari yakunlandi. Qozogʻistonning “Tobol” klubi Vengriya chempioni “Ferensvarosh” mehmoni boʻldi va 5:1 hisobda magʻlubiyatga uchradi. “Tobol”ning yagona golini Oʻzbekiston terma jamosi hujumchisi Igor Seregeyev kiritdi.
Jamoalarning dastlabki oʻyinida hisob ochilmagandi.
Shunday qilib, ikkinchi bosqichda quyidagi jamolar oʻzaro bahslashadi:
Maribor (Sloveniya) – Sherif (Moldova)
Ferensvarosh (Vengriya) – Slovan (Slovakiya)
Pyunik (Armaniston) – Dyudelanj (Lyuksemburg)
Qorabogʻ (Ozarbayjon) – Syurix (Shveysariya)
Makkabi (Isroil) – Olimpiakos (Gretsiya)
Dinamo (Xorvatiya) – Shkupi (Shimoliy Makedoniya)
XIK (Finlyandiya) – Viktoriya (Chexiya)
Jalgiris (Litva) – Malmyo (Shvetsiya)
Ludogores (Bolgariya) – Shemrok Rovers (Irlandiya)
Linfild (Shimoliy Irlandiya) – Budyo-Glimt (Norvegiya)