19–21-iyun kunlari Oʻzbekiston poytaxti yashil innovatsiyalar markaziga aylanadi: Central Asian Expo (CAEx) koʻrgazmalar majmuasida ilk bor «Eco Expo Central Asia 2025» ekologik texnologiyalar xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Bu shunchaki koʻrgazma emas – barqaror kelajak yoʻlida global ekologik hamjamiyat, sanoat, davlat va xususiy tuzilmalarni birlashtiradigan harakatdir.
«Eco Expo Central Asia 2025» koʻrgazmasi ilgʻor ekologik texnologiyalar, amaliyot va yechimlar almashish uchun mintaqadagi birinchi ixtisoslashtirilgan platformadir. Bu yerda hamma narsa namoyish etiladi: ekologiyadagi sunʼiy intellektdan tortib suvni tejash yechimlarigacha, yashil energiyadan ekoturizmgacha. Markaziy Osiyoda ilk bor Turkiya, Xitoy, BAA, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Germaniya va boshqa 25 dan ortiq davlatdan eksponentlar ishtirok etadi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan eʼlon qilingan “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yili doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda. Bu mamlakatimizning ekologiya sohasidagi milliy va xalqaro faolligi oshib borayotgani, ekologik islohotlar kuchaytirilayotgani va dunyoning yetakchi davlatlari bilan hamkorlik mustahkamlanayotganidan dalolatdir.
Koʻrgazma ishtirokchilari uchun Eco Expo nafaqat oʻzlarining yashil tashabbuslarini namoyish etish, balki yangi bozorlarga chiqish, hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, ekologik innovatsiyalardan ilhom olish va global ekologik tendensiyaning bir qismiga aylanish imkoniyatidir. Bu yerda biznes uchrashuvlari, taqdimotlar, ekspertlar panellari, shuningdek, startaplar va ekologik loyihalar taqdimotlari boʻlib oʻtadi.
Koʻrgazmada Oʻzbekistonning yashil tashabbuslar ilgari surilayotgan hududlari, barqaror amaliyotni faol joriy etayotgan vazirlik va idoralar, ekologik fikrlashni oʻrgatuvchi sanoat taʼlim muassasalari, ekomarshrutlarni taklif etuvchi turistik joylar va boshqalar namoyish etiladi. Quyidagi boʻlimlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda: yashil shaharlar, toza texnologiyalar (clean-tech), ekomoliya, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shuningdek, yashil transport va obodonlashtirish.
Asosiy koʻrgazmadan tashqari mehmonlarni ekspertlar va soha yetakchilarining taqdimotlari, mamlakatning tabiiy merosiga bagʻishlangan videotanlov va fotokoʻrgazma, Oʻzbekiston ekologiyasi haqidagi hujjatli film namoyishi, tabiat va inson uygʻunligini aks ettiruvchi badiiy koʻrgazmalar kutmoqda.
«Eco Expo Central Asia 2025» — Markaziy Osiyodagi eng muhim ekologik tadbirning bir qismiga aylanish uchun noyob imkoniyatdir. Uch kun davomida koʻrgazma mintaqaning ekologik kun tartibini oʻzgartirishga, barqaror va ekologik toza texnologiyalar sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochishga imkon beradigan platformaga aylanadi.
https://ecoexpo.uz/ havolasi orqali stendni oldindan band qilib, ekokoʻrgazma ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin.