Eddi Xirn: “Kroufordning jamoasi Isroilga past baho beryapti”

    Britaniyalik promouter, “Matchroom Boxing” tashkiloti rahbari Eddi Xirn mijozi, super yarimoʻrta vazn toifasida WBA yoʻnalishi chempioni Isroil Madrimov hamda amerikalik Terens Krouford toʻqnashuvi haqida gapirdi.

    “Menimcha, Kroufordning jamoasi Isroilga past baho beryapti, ammo bu yigit juda jiddiy, u juda kuchli zarba sohibi. Hamma Krouford bu bahsdan keyin Kaneloga qarshi jang oʻtkazishini aytmoqda. Meni notoʻgʻri tushunmang, Krouford bu jangda favorit hisoblanadi. Bunga hech kim shubha qilmaydi, lekin Madrimov juda jiddiy raqib. U yigitning ajoyib harakatlari bor, Isroil hozir oʻzining eng yuqori sport formasida. Bu Krouford uchun oson jang boʻlmaydi”, - deydi Xirn.

    Eslatib oʻtamiz, Madrimov - Krouford chempionlik jangi 3-avgust kuni Los-Anjelesda boʻlib oʻtadi.