«EDF» dunyodagi atom elektr stansiyalarini boshqarish bo‘yicha eng yirik kompaniya bo‘lib, aktivlari qiymati 427 milliard dollarni tashkil etadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va tarqatish bilan shug‘ullanadi.

Suhbatda Prezidentimiz kompaniyaning Sirdaryo va Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyalarini qurishda ishtirok etayotganini qo‘llab-quvvatladi, loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi.