Ko'chki mamlakat janubidagi Geze-Gofa hududida sodir bo'ldi. Avvalroq tuman rahbari Misikir Mitiku qutqaruvchilar yer ostidan 20 dan ortiq jasadni topishga muvaffaq bo'lganini ma'lum qilgandi. Uning so'zlariga ko'ra, ko'chki yuz bergan hududda qutqaruv ishlari davom etar ekan, qurbonlar soni ortishi mumkin.
Efiopiyada iyul oyida boshlangan va sentabr oyining o'rtalariga qadar davom etishi kutilayotgan yomg'irli mavsum hukmron. Doimiy yog'ingarchilik ba'zan mazkur mamlakatda yer ko'chkisi yuz berishiga olib keladi, deb xabar beradi tass.ru.