Jumladan, Fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudining 22.01.2024 yildagi «Davrbank» XATB foydasiga qarzdor Л.Ботировдан 400 million soʻm kredit qarzdorlik undiruvini garov mulki hisoblangan «KIA SORENTO» avtomashinasiga qaratish toʻgʻrisidagi ijro varaqasi byuroning Zarbdor boʻlimiga 05.03.2024 yilda kelib tushgan.

Bundan tashqari boʻlim ish yurituvida fuqaroning 5 ta ijro hujjati boʻyicha 40 mln. soʻmga yaqin qarzdorligi mavjud. Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ijro ishi qoʻzgʻatilib, taraflarga nusxalari yuborilgan.

Mazkur ijro ishi doirasida Л.Ботиров bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdorlikni toʻlashdan bosh tortganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kelgusida ushbu avtotransport auksion savdolarida sotilib, tushgan pullardan mavjud qarzdorliklar qoplanadi. Fuqaro olgan krediti va boshqa qarzlarini muntazam toʻlab borganida, bunday harakat va xarajatlar boʻlmas edi.