Murojaatda “Fotima” va “Zuhra” ismli shaxslar, 2021-yilning 3-yanvar kunidan to 27-yanvar kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida Nilufar Yu.ga Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahridagi mehmonxonalarda fohishalik bilan moddiy mablagʻ orttirishni taklif qilgani qayd etilgan.

Shundan soʻng Nilufar Yu.ni Dubayga borish uchun moʻljallangan hujjatlarini tayyorlab, 27-yanvar kuni, uni “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali yuborayotgan vaqtlarida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani 4-sonli IIB Tergov boʻlinmasi tomonidan Fotima B. va Zuhra I.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi “ye” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda, egizaklarni, muqaddam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir qilib, yurtdoshlarimizni chet elga shahvoniy niyatlarda yuborgan holatlari bor yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tergov natijasiga koʻra, qonuniy qaror qabul qilinish taʼminlanadi.