Ehtiyojmand 302 ming oila kambagʻallikdan chiqdi

    Joriy yil boshidan ishsizlik 4,9 foizga tushdi (oʻtgan yili 5,5 foiz boʻlgan). Ayniqsa, Buxoro, Kogon, Navoiy, Zarafshon, Gʻozgʻon, Samarqand, Shirin shaharlarida ishsizlik 4 foizdan pasayib, ilk bor “tabiiy ishsizlik” darajasiga yaqinlashdi.

    Ehtiyojmand 302 ming oila kambagʻallikdan chiqdi. Yil yakunigacha kambagʻallik darajasi 6 foizgacha kamayishi kutilmoqda (oʻtgan yili 8,9 foiz boʻlgan).

    Sharoiti ogʻir boʻlgan Xovos, Mirzaobod, Oqoltin, Doʻstlik, Paxtakor, Forish, Boʻston, Vobkent, Mirishkor, Mingbuloq, Uzun va Piskentda kambagʻal oilalar soni 4,5 barobargacha kamaydi.

    Ilgari qiyin ahvolda boʻlgan 105 ming oila daromad koʻrishni boshladi, kambagʻal oilalarning oʻrtacha daromadi yil boshiga nisbatan 2 barobarga oshdi.

    Joriy yilda ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambagʻallikdan xoli” hududga aylandi.