Ehtiyojmand fuqarolarga bepul quyosh panellari oʻrnatib berilmoqda

    Soʻx tumanidagi “Soʻx” va “Obishir” mahalla fuqarolar yigʻinida umrguzaronlik qilayotgan kam taʼminlangan, ehtiyojmand fuqarolar xonadonlariga quyosh panellari oʻrnatib berildi.

    Ayni kunga qadar “Soʻx” mahalla fuqarolar yigʻini, Obishir koʻchasida umrguzaronlik qilayotgan, I-guruh nogironi, “Temir daftar” ga kiritilgan Irodatxon Narzidinova bu beminat dastyor xizmatidan foydalanmoqda. Shu mahallada yashovchi Umiyaxon Homidova xonadoni ham “quyoshli xonadon”ga aylandi.

    – Prezidentimizning “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida boshlangan ish koʻlamlari kundan kunga kengayib bormoqda,– deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Soʻx tuman boʻlinmasi raisi Rasuljon Mirsaidov.–Ayni kunlarda tumandagi mahallalar kesimida kam taʼminlangan oilalar xonadonlariga bepul qoʻyosh panellari oʻrnatish ishlari olib borilyapti.