Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori bu borada dasturilamal vazifasini badjarmoqda.

Navoiy viloyatida ham bu borada qator ishlar amalga oshirilib, xotin-qizlar va yoshlarning muammolarini tizimli oʼrganish, ularning muammolarini hal etish borasida joylarda “Аyollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftar”lari tashkil etilib, ularning muammolari oʼrganib kelinmoqda.

Jumladan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat boʼlimi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi hisobidan ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarga har tomonlama moddiy va maʼnaviy koʼmak koʼrsatilmoqda.

Navoiy viloyat hokimining 2021 yil 8 avgustdagi qaroriga asosan uyda oʼtirgan, ishsiz xotin-qizlar va yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning oilaviy daromadlarini oshirish hamda ularga tadbirkorlik bilan shugʼullanishlari uchun sharoit yaratish maqsadida tuman, shaharlar sektorlar kesimida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand, nogironligi boʼlgan 2494 nafar xotin-qizlar ruyxatlari shakllantirildi, ularning har biriga 20 bosh parranda va bir oylik yemi bilan taʼminlashga qaror qilindi.

Natijada“KARMANA GOLDEN EGGS” MChJ bilan Qiziltepa tumaniga 12 ming 880 bosh, Xatirchi tumaniga 7 ming 340, Karmana tumaniga 5 ming 980, Nurota tumaniga 4 ming 360 bosh, Konimex tumaniga 4 ming, Uchquduq tumaniga 780, Navbahor tumanida 5 ming 280, Tomdi tumaniga 540, Zarashon, Gʼozgʼon va Navoiy shahriga 5 ming 700 bosh, jami 46 ming 860 bosh parranda xaridi uchun shartnomalar tuzildi.

Hozirda 25 ming 30 bosh parranda ehtiyojmand ayollarga tarqatildi. Аyni paytda bu xayrli ish davom etmoqda.

Dildora BАRАTOVА,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat boʼlimi boshqaruvi mutaxassisi