Kuzatuvchilar Oʻzbekiston tomoniga taklif uchun minnatdorlik bildirdi va Oʻzbekiston soʻnggi yillarda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ajoyib yutuqlarni qoʻlga kiritganini qayd etdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, shu jumladan, parlamentlararo aloqalarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari ham muhokama etildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, transport va gumanitar hamkorlik sohalarida qoʻshma loyihalarni amalda roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish borasida parlamentlararo hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Oʻzbekiston va Latviya hamda Estoniya parlamentlarida tashkil etilgan doʻstlik guruhlari orqali samarali aloqalarni mustahkamlashga ikki tomon ham intilishi taʼkidlandi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.