Unda Oʻzbekiston hududlari va Sverdlovsk guberniyasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Bosh konsul Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va sanoat yoʻnalishlaridagi hamkorlikning holati va istiqbollari haqida soʻzlab berdi.
Oʻzbekiston va Rossiya hududlararo hamkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Yekaterinburg shahri va mamlakatimiz viloyatlaridagi yirik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum va ular oʻrtasida B2B shaklidagi uchrashuvlarni sentyabr oyida oʻtkazish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Boʻlajak biznes-forumga respublikamizda ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqa sohalarda faoliyat koʻrsatayotgan yirik tadbirkorlar taklif qilinadi hamda oʻzbek milliy mahsulotlarining koʻrgazmasi tashkil etiladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.