Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov toʻp suradigan Italiyaning “Roma” jamoasi kecha Yevropa Konfederatsiyalar Ligasi yarim finalidagi dastlabki oʻyinini Angliyada «Lester»ga qarshi oʻtkazdi.

Uchrashuvda hisobni mehmonlar ochdi, Pellegrini 15 daqiqada “Roma”ni oldinga olib chiqdi. Ammo mezbonlar hujumchisi Lukman 67 daqiqada muvozanatni tikladi – 1:1. Achinarlisi, Eldor yana zaxirada qoldi.

Turnirning ikkinchi oʻyinida «Feyenoord» oʻz maydonida “Marsel”ni 3:2 hisobida yengdi.

Finalchilar 5-may kuni aniqlanadi.