Navoiy kon-metallurgiya kombinatida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan boʻlib, joriy yilning bahorgi va kuzgi mavsumida 460 ming tup manzarali va mevali daraxt hamda buta koʻchatlari oʻtqazish rejalashtirilgan. Shundan 300 ming tupi bahorgi mavsumda ekildi.
Kombinat boʻlinmalari tomonidan 2024-yilning bahor mavsumida 170.8 gektar yer maydonda oʻtqazilgan 232 ming tupdan ortiq daraxt koʻchatlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining “yashilmakon.eco” elektron platformasiga kiritildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasida joriy yilning kuz mavsumida 160 ming tup manzarali va mevali daraxt hamda buta koʻchatlari oʻtqaziladi.
Hozirgi kunda sanoat korxonalari joylashgan hududlar va ularning atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Yer maydonlari tanlanib, agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Kelgusida barpo etilgan “yashil belbogʻ”lar ekologik barqarorlikni taʼminlash xizmat qiladi.