баннер
25 Mar 2025
21:10

    Joriy yilning 9 oyida ekologiya sohasida qancha qonun buzilish aniqlandi?

    AOKAda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbirda ekologik nazorat reydlarida hamda brakonyerlikka qarshi kurashishda aniqlangan holatlar haqida maʼlumot berildi.

    Qayd etilishicha, oʻtgan 9 oy mobaynida sohaga oid qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan 34 275 nafar shaxs aniqlandi. 32 mlrd. soʻm maʼmuriy jarima va tabiatga yetkazilgan zararlar hisoblanib, 16,3 mlrd. soʻm undirib olindi. 1365 ta holat boʻyicha 15 mlrd. soʻm jarima va tabiatga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan tayyorlangan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga kiritildi. 12 ta holat boʻyicha 1,6 mlrd. soʻmlik daʼvolar yuzasidan qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha ish qoʻzgʻatildi.

    Huquqbuzarlardan 376 dona hayvon va parranda, 1 900 kg baliq, 49 637 kg dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklar, 1520 m³ oʻtin, 45 ta ov qurol va 570 ta aslaxa va boshqa inventarlar olib qoʻyilgan. Inspeksiya tomonidan 23 ta idoraviy xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, natijasi boʻyicha aniqlangan kamchiliklar va xodimlarga chora koʻrish yuzasidan tegishli takliflar kiritildi va ijroga qaratildi.

    Jumladan, Bosh prokuratura, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Ombudsman) taqdimnomalari, fuqarolar murojaatlari hamda boshqa asoslarga muvofiq Surxondaryo, Jizzax, Navoiy, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar boshqarmalarida xizmat tekshiruvi oʻtkazildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech