Ekologik partiyaga yangi rais sayladi

    Mamlakatimizda 19 Dekabr 2022 3810

    Bugun Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdagi Plenumida partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisligiga Xamzayev Abdushukur Xudoykulovich nomzodi saylandi.

    A.Xamzayev 1973-yilda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tugʻilgan. 1995-yil Samarqand qishloq xoʻjalik institutini, 2013-yil Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi agronom olim. Qishloq xoʻjalik fanlari doktori, professor.

    Uzoq yillar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bilan shugʻullunib, ilmiy-pedagogik, rahbarlik tajribasiga ega.

    2022-yil iyun oyidan buyon Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

    17 ta qishloq xoʻjalik ekin navlari va 16 ta ixtiro patenti muallifi, uning 270 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan.

    Shuningdek, ekologiya, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi sohasida Xitoy, Yaponiya, Koreya, Isroil, Turkiya, Germaniya, Bolgariya kabi davlatlarda malaka oshirgan.