Unda Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin, YEXHTning (OBSE) loyihalar koordinatori Djon MakGregor, “SVB Advisory” Britaniya-Oʻzbekiston barqaror rivojlantirish kompaniyasi direktori Suna Park, Oʻzbekiston velosport federatsiyasining birinchi oʻrinbosari Kozim Oʻrinboyxoʻjayev ishtirok etdi.

Loyihaning asosiy maqsadi bolalarni yoshligidanoq ekologik madaniyat va taʼlimga oʻrgatishdir. “Qiziqarli chiqindi” nomli loyiha Toshkent shahridagi 13 MTTlarida tadbiq etilyapti. Bu loyiha butun respublika boʻylab barcha MTTlarda joriy etilishi koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida ekologik madaniyatni rivojlantirish maqsadida YXHT loyihalari Koordinatorining idorasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, “SVB Advisory” Britaniya Oʻzbekiston barqaror rivojlanish kompaniyasi va “Hashar week” ijtimoiy loyihasi bilan birgalikda maktabgacha taʼlim tizimida ekologik taʼlim va tarbiyani joriy etish dasturini boshlashdi. Unga koʻra, loyiha doirasida “Qiziqarli chiqindi” didaktik oʻyinini va oʻqitish metodikasini aprobatsiyasi uchun Toshkent shahrining 13 ta maktabgacha taʼlim muassasalari tanlab olindi.

YXHT Oʻzbekistondagi loyihalar Koordinatori idorasining koʻmagida maktabgacha taʼlim sohasidagi mutaxassislar guruhi va “SVB Advisory” kompaniyasining barqaror rivojlanishga ixtisoslashgan xalqaro ekspertlari hamda Oʻzbekistonda ekologik madaniyatni targʻib qiluvchi “Hashar week” ijtimoiy loyihasi tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarni turli xildagi chiqindini saralashga, chiqindi bilan toʻgʻri ishlashni oʻrgatishga, shuningdek kichik motorikani va verbal aql-zakovatini rivojlantirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi.

Dastur 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan boʻlib, unda asosiy mezonlar vizual tasvir va amaliy faoliyat imkoniyatidan iboratdir.

Anjumanda, Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagog kadrlarining salohiyatini oshirish maqsadida 2020-yil dekabrʼ oyida Toshkent shahridagi tanlab olingan 13 ta maktabgacha taʼlim muassasalarining 50 nafar tarbiyachilari uchun oʻquv seminarlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisida aytib oʻtildi. Unda tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik taʼlimi doirasida xulq-atvor psixologiyasi texnikalariga oʻqitilgan, “Qiziqarli chiqindi” dasturining oʻqitish uslubi bilan tanishgan va barqaror rivojlanish sohasida bilim olishgan.

Shuningdek, loyiha doirasida YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalar Koordinatorining idorasi tanlab olingan 13 ta maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalar pedalsiz velosipedini taqdim etilishi haqida ham aytib oʻtildi. Velosport federatsiyasi koʻmagida bolalar pedalsiz velosipedlari maktabgacha yoshdagi bolalar oʻrtasida velosportni ommalashtirish maqsadida qoʻllaniladi.