Farmonga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan hududlarda chiqindilar bilan ishlash darajasini oshirish hamda bu borada ochiqlikni taʼminlash, jamoatchilikning rolini oshirish, tadbirkorlar va aholi oʻrtasida qayta aloqani toʻliq yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi quyidagilar amalga oshiriladi:
- chiqindilar bilan bogʻliq xizmatlarni tadbirkorlarga berish yuzasidan oʻtkaziladigan tender jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish;
- sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi toʻplash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini oʻrnatish va shoxobchalar faoliyatini aholi tomonidan kuzatish imkoniyatini yaratish;
- chiqindilarni tashish bilan shugʻullanuvchi barcha maxsus texnikalarga onlayn kuzatuv (GPS) tizimini oʻrnatish;
- sanitar tozalash korxonalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va koʻlami boʻyicha shikoyatlarni qabul qilish hamda sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilish uchun “Call markaz” faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
- sanitar tozalash korxonalari xizmat koʻrsatuvchi hududlarning geografik chegarasi hamda aholi va yuridik shaxslarga biriktirilgan chiqindilarni yigʻish maydonchalari (konteyner) joylashuvi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar berish;
- abonentlarning hosil boʻlgan chiqindilarini olib chiqib ketish grafigini koʻrsatish.