Ushbu nomdagi rassomlarning Plener koʻrgazmasi Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida tashkil etildi.

30 nafar taniqli, shuningdek yosh rassomlar oktyabr oyi soʻngidan noyabr oyining birinchi oʻn kunligiga qadar Plenerda Toshkent shahri va yurtimizning Qoraqalpogʻiston respublikasi — Quyi Amudaryo biosfera rezervati, Toshkent viloyati — Ugom-Chotqol , Chotqol davlat biosferasi, Samarqand viloyatining “Zarafshon”, Xorazmning “Xorazm” milliy tabiat bogʻlari, Surxondaryo viloyatining Surxon davlat qoʻriqxonalaridagi manzaralarni tasvirlashgan.

Taqdim etilgan 90 dan ortiq ijodiy ishlarning asosiy qismida mualliflar tomonidan tabiat motivlari asl holatda tasvirlangan, boshqalari esa dekorativ koʻrinishda.

Ekspozitsiyadan Toshkent viloyatida joylashgan “Chorvoq” va “Xumson”ning 4 xil koʻrinishlari tasvirlangan ijod namunalari ham oʻrin olgan.

Koʻrgazmani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tashkil qilgan.

Oʻylaymizki, bunday ijod namunalari buyuk tarbiyachi, ijodkor tabiatga bizni yanada yaqinlashtiradi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini oshiradi.

Koʻrgazma 20-dekabrgacha davom etadi.

Hasan Abdunazarov