Loyihada hududlardagi barcha umum ta'lim maktablarini kompyuter texnikalari bilan jihozlanishini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
Yangi o‘quv yilida viloyat bo‘yicha jami 287 ta maktab 4224 dona yig‘ma yangi avlod kompyuterlari bilan jihozlanadi. Bu esa ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonining yaxshilanishiga hamda maktablarda informatika fani o‘qituvchisining bilim darajasini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlarida taqdimotlardan foydalanish sifati yaxshilanadi va o‘qitishning ilmiy ishonuvchanligi hamda katta miqdordagi ma'lumotlar va axborotlarga kirish imkoniyati yaratiladi.