Bu esa 2021-yilning shu davridagiga nisbatan 21,7 foiz koʻp, demakdir.

Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni uzum (mayizni qoʻshgan holda) – 21,2 foiz, shaftoli – 9,0 foiz, mosh – 6,1 foiz, pomidor – 5,9 foiz, qovun va tarvuz – 4,7 foiz, gilos – 4,4 foiz, karam – 4,3 foiz, piyoz – 3,8 foiz egallaydi.

2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlarning ulushi 5,4 foizni tashkil etgan.

Rossiya (44,4 foiz), Qozogʻiston (21,0 foiz), Xitoy (6,8 foiz), Pokiston (6,4 foiz), Qirgʻiziston (4,4 foiz), Afgʻoniston (2,6 foiz), Turkiya (2,3 foiz), Belarus (1,9 foiz), Eron (1,3 foiz), Ozarbayjon (1,0 foiz) Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy import qiluvchilaridir.