Eksportning istiqbolli yoʻnalishlari ham muhokama etildi

    Biznes 5 Mart 2024 856

    Bugun “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Rossiya Federatsiyasi bojxona xizmatining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakili Andrey Gennadyevich Zaysev bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, sanoat korxonalarining eksport salohiyatini oshirish masalalari hamda oʻzbekistonlik tadbirkorlar uchun eksport jarayonini soddalashtirish mexanizmlari muhokama etildi. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi tomonidan amalga oshirilayotgan eksportning istiqbolli yoʻnalishlari ham muhokama etildi.

    Maʼlumot uchun, birgina 2023-yilning oʻzida Rossiya bozoriga charm-poyabzal mahsulotlari eksporti hajmi 40 million dollarga yetdi.

    Soʻngi yillarda qorakoʻl terisini qayta ishlash, jun va jun mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, Rossiyaning “Parijskaya kommuna”, “Yaxting”, “Karavan SK”, “Bars”, “Yevroplast” kabi koʻplab kompaniyalari bilan poyabzal ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshirilgan, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.