“Riobamba qamoqxonasidan qochgan va qo'lga olingan 17 mahbusga nisbatan ayblov qo'yildi deyiladi xabarda.
Jami 39 kishi qamoqxonadan qochib ketgan. Qo'lga olingan qochqinlar orasida Los-Lobos jinoiy guruhi rahbari Fabrisio Kolon Piko ham bor-yo'qligi haqida ma'lumot yo'q.
O'tgan yakshanba kuni Fito laqabli Los-Choneros to'dasi rahbari qamoqdan qochib ketganidan so'ng Ekvadorda xavfsizlik bilan bog'liq vaziyat yomonlashdi. Shundan so'ng bir qancha jazoni ijro etish muassasalarida tartibsizliklar sodir bo'ldi. 8-yanvar kuni mamlakat Prezidenti Daniel Noboa mamlakatda favqulodda holat e'lon qildi va komendantlik soati joriy qildi. Keyinroq u huquq-tartibot xodimlarini 22 jinoiy guruhni zararsizlantirishga chaqirdi, deb xabar beradi mir24.tv.