Qayd etilishicha, suv toshqini oqibatida uylar, inshootlar vayronaga aylandi. Ekvadorning qirg'oq bo'yidagi Esmeraldas viloyatida suv ba'zi joylarda ikki metrga ko'tarildi.
Mahalliy aholi vakillaridan birining aytishicha, erta tongda suv keskin ko'tarila boshlagan. Odamlar uydan chiqishga ham ulgurishmadi, tomga chiqishga majbur bo'lishdi. Qayd etilishicha, ko'plab aholi vakillarining qaytish uchun boshpanasi yo'q, chunki suv ularning uylarini butunlay vayron qilgan.
Ekvador Prezidenti Gilyermo Lassoning so'zlariga ko'ra, ko'rilgan zarar baholanadi va vayron bo'lgan uylar, maktablar va kasalxonalarni tiklash uchun mablag' ajratiladi.
Ekinlar ham katta zarar ko'rdi. Bu hududda sholi, makkajo'xori va ko'plab turli tropik mevalar yetishtiriladi, deb xabar beradi belta.by.