U saylovlarning ikkinchi bosqichida 52 foiz ovoz to'plab, raqibi Luis Gonsalesni (48 foiz ovoz) ortda qoldirdi. Saylov komissiyasi allaqachon ovozlarning 94 foizdan ortig'ini sanab bo'lgan.

Noboaning so'zlariga ko'ra, u mamlakatni xorij sarmoyasi uchun yanada ochiq muhit yaratishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, u kokain kartellarini jilovlashga va'da berdi.

Noboa AQShda tahsil olgan, keyin otasining kompaniyasida ishlagan. Shuningdek, uning oilasiga tegishli o'g'it, shokolad va transport kompaniyalari ham bor.

Noboaning otasi Ekvadorning eng badavlat kishilaridan biri bo'lib, prezidentlikka besh marta nomzodini qo'ygan.

2021-yilda Daniel Noboa Kongressdan joy oldi va moliyaviy texnologiyalar va kichik biznes kabi sohalarga oid qonun loyihalarini ishlab chiqadigan iqtisodiy rivojlanish qo'mitasi prezidenti bo'ldi, deb xabar beradi korrespondent.net.