Ekvatorda vazn kamroq bo'lishi rostmi?

    Faras qiling siz Shimoliy qutbda yashaysiz, keyin Keniyaga sayothat qildingiz va osha yerda vazninggizni o‘lchashga qaror qildingiz, sizning vazningiz sayohatni boshlagan vaqtingizdan 0,5% kamroq bo'ladi. Nega?

    Yerdagi gravitatsiya haqida o'ylaganimizda, biz odatda uni barcha joyda bir xil deb hisoblaymiz. Qutblarda yoki ekvatorda sakrab ko‘rsak ham, farq sezilmaydi.

    Biroq, gravitatsiya bir qancha xususiyatlarga ega. Boshqa sayyoralar singari, Yer ham ekvatorida o'z o'qi atrofida aylanish natijasida paydo bo'lgan bo'rtiqqa ega. Shu sababli, ekvator yaqinida tortishish aslida inson tanasiga kamroq ta'sir qiladi.

    Agar siz bu haqiqatni tekshirish uchun ekvatorga uchishni xohlamasangiz, samolyotda ham vazningizni o‘lchab ko‘rishingiz mumkin. Yerda 68,03 kg og'irlikdagi odam 3048 metr balandlikdagi samolyot bortida roppa-rosa 68,00 kg og'irlikda bo‘ladi.