Yevropa Chempionlar ligasi bahslaridan soʻng kecha koʻhna qitʼada Yevropa Ligasi chorak final oʻyinlari ham boshlandi.
“Atalanta” Germaniyada “Leypsig” mehmoni boʻldi. Oʻyinning 17 daqiqasida mehmonlar hujumchisi Muriel hisobni ochdi. Ammo bu gol “Atalanta” gʻalabasini taʼminlay olmadi. Sababi uchrashuvning 58 daqiqasida Dzappakosta oʻz darvozasi gol kiritib qoʻydi va hisob 1:1 ga aylandi.
Qolgan oʻyinlarda quyidagi natijalar qayd etildi: Ayntraxt – Barselona 1:1, Vest Hem – Lion 1:1, Braga – Reynjers 1:0.