“Manchester Yunaytet” Milanda Pogbaning goli evaziga “Milan” ustidan gʻalaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi. Jamoalarning Manchesterdagi oʻyini 1:1 hisobida tugagandi. “Vilyarreal” Kiyevning “Dinamo” jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etdi. Birinchi oʻyin ham shunday hisobda ispanlar foydasiga hal boʻlgandi. “Ayaks” “Yang Boyz”ni 2:0 hisobida yutdi. Dastlabki oʻyinda “Ayak” bundan ham yirik (3:0) hisobda gʻolib chiqqandi. Qolgan oʻyinlarda quyidagi natijalar qayt etildi.
Reynjers — Slaviya 0:2 (1:1)
Dinamo Z — Tottenhem 3:0 (0:2)
Arsenal — Olimpiakos 0:1 (3:1)
Shaxtyor — Roma 1:2 (0:3)
Molde — Granada 2:1 (0:2)
Shunday qilib, chorak finaliga “Arsenal”, “Roma”, “Granada”, “Dinamo” Z, “Manchester Yunaytet”, “Ayaks”, “Vilyarreal” va “Slaviya” yoʻl oldi.