Kecha Yevropa Ligasi 1-tur bahslariga start berildi. Hamyurtimiz, Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov toʻp surayotgan Italiyaning “Roma” klubi Bolgariyada “Ludogores” mehmoni boʻldi.

Hisobni mezbonlar ochgan edi. Eldor zaxiradan maydonga tushib 86-daqiqada muvozanatni tikladi – 1:1. Lekin oradan 2 daqiqa oʻtmay “Roma” yana oʻz darvozasidan toʻp oʻtkazib yubordi va birinchi uchrashuvni 1:2 hisobida magʻlubiyat bilan yakunladi.

YELning birinchi tur qolgan oʻyinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

“Fenerbahche” – “Dinamo” K 2:1

XIK – “Betis” 0:2

PSV – “Bude-Glimt” 1:1

“Syurix” – “Arsenal” 1:2

“Malmyo” – “Braga” 0:2

“AYEK” – “Renn” 1:2

“Union” B – “Yunion” Sent-Jillua 0:1

“Latsio” – “Feyenoord” 4:2

“Manchester Yunayted” – “Real” Sosyedad 0:1

“Nant” – “Olimpiakos” 2:1

“Ferensvarosh” – “Trabzonspor” 3:2

“Frayburg” – “Qorabogʻ” 2:1

“Srvena Zvezda” – “Monako” 0:1

“Shturm” – “Midtyulland” 1:0

“Omoniya” – “Sherif” 0:3