“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Onlayn platformani ishga tushirdi

    Raqamlashtirish 30 Iyun 2020 1751

    Joriy yilning 25-iyundan boshlab “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻz saytida Xorijda istiqomat qilayotgan vatandosh olimlar, tajribali ekspertlar va tadqiqotchilar bilan Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlari va xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikka ehtiyoji boʻlgan boshqa tashkilotlar uchun Onlayn platformani ishga tushirdi.

    Bugungi kunda ilgʻor xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh olimlar, tajribali ekspertlar va tadqiqotchilar mazkur Onlayn platformada roʻyxatdan oʻtishni boshladi.

    Asosiy maqsad — xorijdagi professional vatandosh olim, ekspert va tadqiqotchilar toʻgʻrisida ochiq foydalanishga moʻljallangan maʼlumotlar bazasini shakllantirish, respublikadagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar va boshqa kompaniyalar oʻrtasida virtual muloqot maydonini yaratish, shuningdek, manfaatdor va mutasaddi shaxslar hamda tashkilotlarga muloqot imkoniyatini taqdim etishdir.