“El-yurt umidi” jamgʻarmasiga nomzodlar onlayn platforma orqali roʻyxatdan oʻtadi, ochiq tanlov orqali saralanadi

    Raqamlashtirish 5 Yanvar 2022 1715

    Bu haqda ham 2022—2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasida qayd etildi.

    Bunda Jamgʻarma tomonidan xorijiy davlatlarning eng nufuzli universitetlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun ochiq saralash tanlovlari eʼlon qilinadi.

    Shuningdek, Jamgʻarmaga nomzodlardan hujjatlar qabul qilishning onlayn platformasini yaratish vazifasi topshirilgan. Ushbu maqsadni amalga oshirishning muddati 2022-yilning sentyabr oyi etib belgilangan.

    Shuningdek, Jamgʻarmasi orqali xorijiy oliygohlarga oʻqishga yuborish koʻlami 2 baravarga oshiriladi.