Bu haqda “Yangi Oʻzbekiston” nashriga jamgʻarma matbuot xizmati maʼlum qildi.

Tomonlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xususan Fransiyaga akademik tashriflarni tashkil etish masalalarini muhokama qilishdi.

Jamgʻarma direktori Adham Bekmurodov soʻnggi yillarda 
Oʻzbekiston-Fransiya taʼlim va fan sohasidagi hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilayotganini taʼkidladi.

Shuningdek, Fransiya universitetlari bilan taʼlim sohasida uzoq muddatli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, jumladan IFP Schoolda magistratura, doktorantura va stajirovka dasturlari boʻyicha jamgʻarma stipendiantlarini oʻqitish, malakasini oshirish tomonlar uchun ham muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlash boʻyicha Memorandum imzolandi.

Maʼlumot uchun, Fransiya neft insitituti (IFP) 1954-yilda tashkil etilgan. Neft va energiya sohasida ilgʻor mutaxassislarni tayyorlab keladi.