Maʼlum qilinishicha, avval elchixonaga bevosita borib navbat olish zarur boʻlgan boʻlsa, endilikda barcha jarayonlarni onlayn tarzda amalga oshirish mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi 3 qadamni bajarish kifoya:

my.gov.uz portaliga kirib, “Elchixona (konsullik) qabuliga yozilish” xizmatini tanlash;
— zarur konsullik okrugi va xizmat turini belgilash;
— taqvim orqali oʻziga mos sana va vaqtni tanlab, navbat varaqasini rasmiylashtirish.

Taʼkidlanishicha, mazkur xizmat mutlaqo bepul.

Endi xorijda boʻlgan fuqarolar ham my.gov.uz orqali davlat xizmatlaridan qulay va tez foydalanish imkoniyatiga ega.