Kecha Parshal shahrida rimliklar Portugaliyaning “Belenensesh” klubiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi.
Qizgʻin kechgan bahsda hisobni mezbonlar ochgan boʻlsa-da, koʻp oʻtmay Jeko muvozanatni tenglashtirdi. Ikkinchi boʻlimda Dzanyola, oʻyin yakunida esa Mayoral farqni 3:1 yetkazdi.
Yaqinda rimliklar safiga qoʻshilgan Eldor Shomurodov bu oʻyinda maydonga tushmadi.