Taniqli insayder Nikola Skira Eldor Shomurodov faoliyatini “Kalyari”da davom ettirishini maʼlum qildi. Tomonlar oʻzaro kelishib olishgan. “Kalyari” Eldorni sotib olish sharti bilan ijaraga oladi. Futbolchi bilan shartnoma 2027 (1+3) yilga qadar amal qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Shomurodov 2021-yilda “Jenoa”dan “Roma”ga oʻtgan. Oʻtgan mavsumning ikkinchi qismini esa ijara asosida “Spetsiya”da oʻtkazdi.