Oʻzbekistonlik hujumchiga soʻnggi bir necha haftalarda turli klublar qiziqish bildirmoqda, sababi u muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun yanvar oyida “Roma”ni tark etmoqchi.
“Sampdoriya” “Jenoa” sobiq hujumchisi uchun kurashga qoʻshildi. Bu haqda “Corriere dello Sport” xabar bermoqda.
“Roma” Shomurodovni faqatgina toʻliq sotish boʻyicha takliflarni eshitmoqchi.
Ammo Italiya nashrining xabariga koʻra, poytaxt klubi “Sampdoriya”ning sotib olish majburiyati bilan beradigan ijara taklifini ham qabul qilishi mumkin.









