Eldor Shomurodov La Ligaga yo'l olishi mumkin

    Sport 15 Yanvar 2023 1618

    Unga Ronaldo egaligidagi klub qiziqmoqdab

    Bu haqda "El Chiringuito" xabar bermoqda.

    Manbaga ko'ra, "Real Val`yadolid" hujum chizig'ini kuchaytiradigan futbolchilarni izlamoqda. Ronaldoga tegishli bo'lgan klub "Roma" asosiy tarkibidan o'rin ololmayotgan eldor SHomurodov variantini o'rganmoqda.

    "Val`yadolid"ga Shomurodov varianti ma'qul kelmoqda va ular o'zbekistonlik forvardni sotib olish huquqisiz ijaraga olmoqchi.

    Shuningdek, La Liga klubi eldorning transferi uchun "Roma" xohlayotgan 10 mln evroni tushirish bo'yicha muzokara o'tkazmoqchi. Avvalroq "Torino" 27 yoshli futbolchining ijarasi uchun 1 mln evro to'lamoqchi ekanligi aytilgandi. Uning transfer narxi esa 7 mln evroga baholanmoqda. "Real Val`yadolid" joriy mavsum Ispaniya chempionatida 16 ta o'yin o'tkazib, 17 ochko bilan jadvalda 16-o'rinda bormoqda.