O'zbekiston milliy jamoasi yig'iniga chaqirilgan “Jenoa” hujumchisi eldor SHomurodov O'FA matbuot xizmatiga bergan interv`yusida futbol muxlislarini qiziqtirgan bir necha savolga javob bergan. Jumladan, nega aynan “Jenoa”ni tanlagini haqidagi savolga quyidagicha javob qaytargan:

— Nega aynan “Jenoa”ni tanladim? Bilasizmi, o'shanda agentlarim bilan maslahatlashib shunday qarorga kelgandik. Birinchidan, Genuya klubi odatda hujumchilarni sotib olib, keyin boshqa klubga sotadi.  Ikkinchidan, bu klubda o'sishga erishish mumkin. Jamoa futbolchiga yaxshi taklif tushsa, uzoq ushlab o'tirmay sotishni ma'qul ko'rishi ham bizni “Jenoa”ni tanlashimizga sabab bo'lgan. Uchinchidan, Genuyada futbolga qiziqish juda yuqori. “Sampdoriya” – “Jenoa” o'yini Italiyadagi asosiy derbilardan biri ekanligi ham muhim faktorlardan biri bo'lgan.

eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy jamoasi 26 mart kuni Namanganda Gana, 29 mart kuni esa Toshkentda Iroq milliy jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.