Oshxonasidan basseynga chiqish mumkin boʻlgan bu uy “Chelsi” bilan YECHLda gʻolib boʻlgan murabbiy Roberto Di Matteoga tegishli. Sobiq futbolchi bu uyni “Latsio”da oʻynagan vaqtida sotib olgan.

Shomurodov shu vaqtgacha mehmonxonada qolayotgandi va futbolchi oilasi bilan oʻzini erkin his qilishi uchun kvartira emas, hovli ijaraga olishga qaror qilgan.

Maʼlumot uchun, Eldor Shomurodov joriy transfer oynasi vaqtida 17,5 million yevro evaziga “Jenoa”dan “Roma”ga oʻtdi. Uning yillik maoshi 2 million yevro ekani aytilgandi, deb xabar bermoqda Tribuna.uz.