“Roma” oʻsha magʻlubiyatdan beri jami yettita gʻalaba va uchta durang qayd etdi. Biz uchun quvonarlisi, hamyurtimiz Eldor Shomurodov muvaffaqiyatli oʻtgan ushbu oʻyinlarning ayrimlarida maydonga tushdi va “Roma” jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov fevral oyida koʻrsatgan ajoyib oʻyinlari natijasida oʻtgan oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, Eldor Shomurodov jami mavsum davomida 23 ta uchrashuvda qatnashib, umumiy hisobda 742 daqiqa oʻynadi va toʻrtta gol, uchta samarali pas muallifi boʻldi.
Endi Yevropa kuboklari yoʻllanmasi uchun kurashayotgan jamoalarga yetib olgan “Roma” A Seriyaning navbatdagi turida “Komo”ga qarshi bahs olib boradi. Oʻta muhim oʻyinda Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Mazkur uchrashuv 2-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.