Eldor Shomurodov “Torino” bilan kelishuvga erishdi

    Sport 11 Yanvar 2023 1770

    “Roma” va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov klubini oʻzgartirmoqchi.

    Turin klubi rahbariyati hamyurtimiz bilan shaxsiy shartnomaning barcha bandlari boʻyicha kelishib olgan. Ayni paytda “Torino” “Roma” bosslari bilan transfer masalasida muzokara olib boryapti.

    Shomurodovning “boʻrilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar moʻljallangan.

    Avvalroq “Torino” vakillari Shomurodovning transferi borasida “Roma” direktori bilan uchrashgandi.

    Transfermarkt portali 27 yoshli futbolchini 7 million yevroga baholamoqda. Eldor joriy mavsum A Seriyada 6 ta oʻyinda maydonga tushdi.