Elektr energiyasiga noqonuniy ulanish holati fosh boʻldi

    Fargʻona tumanida 839,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan omborxona aniqlandi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.Fh.” MChJ filiali menejeri J.U. va boshqalar Fargʻona tumanidagi dori vositalarini saqlash omborxonasidagi qurilmalarini tijorat maqsadda elektron hisob dasturiga kiritilmagan hisoblagich orqali oʻzboshimchalik bilan ulab, 839,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.