Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasiga asosan, yurtimizda “yashil” energetikani rivojlantirishga alohida eʼtibor berilgan.
Xususan, 2026-yilga borib Oʻzbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari hajmi 8 000 MVtga, gidroelektr stansiyalari hajmi esa 2 920 MVtga (jami 10 920 MVt) yetkaziladi.
Buning natijasida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari (“yashil” energetika) ulushini tashkil qiladi.
- Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida yiliga qariyb 3 milliard kub/metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Ushbu hajmdagi tejalgan gaz bilan 1 million xonadonni 1 yil davomida tabiiy gaz bilan taʼminlash mumkin.
- ️Yoki, ushbu hajmdagi tejalgan tabiiy gaz bilan qoʻshimcha ravishda 15 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi mumkin. 15 milliard kVt/soat hajmdagi elektr energiyasi Oʻzbekiston aholisining qariyb (98%) 1 yillik isteʼmolini tashkil etadi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati.